Angrenda 11 yashar qiz doridan vafot etgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2021
5098Avvalroq, Angren shahrida 11 yoshli qiz "Seftriakson" dori vositasi sabab vafot etganligi haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur voqea bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Angren shahrida yashovchi 11 yoshli G.R. 20.10.2021 yilda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum G.R.ning o‘limiga qonning suyuq holatdaligi, ichki a’zolarning kam qonligi, ko‘z qovoqlarining o‘tuvchi pardalari, o‘pka, vitseral varag‘i ostida, yurak epikardida mayda nuqtachalar ko‘rinishidagi qon quyilishlari, bosh miya va o‘pka shishi, ichki a’zolarining suvsizlanishi, anaflaktik shok, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, tarxeit, bronxit, ikki tomonlama o‘pkalar yallig‘lanishi, gastroenterokolit oqibatida yuzaga kelganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ta’kidlanishicha, Angren shahar prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
LiveBarchasi