Angren va Chirchiqda maktabga ajratilgan pullar yeb yuborildi
3-sahifa
−
04 noyabr 2022
5044Angren va Chirchiq shaharlarida maktab jihozlari uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.Z.” MCHJ rahbari G.Q. Angren shahridagi maktab-internati direktori V.U. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu maktabga aslida yetkazib berilmagan maktab jihozlarini qabul qilib olgani to‘g‘risidagi hujjatlarni soxtalashtirgan. Ular soxtalashtirish orqali 474,3 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shuningdek, yana bir shunday o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.Z.” MCHJ ish yurituvchisi F.Q., yordamchisi Sh.A. va Chirchiq shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori G.M. bilan o‘zaro til biriktirib, maktabga aslida yetkazib berilmagan ofis mebellarini qabul qilib olgani to‘g‘risida hujjatlarni soxtalashtirishgan. Ular 124,2 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov haraktlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi