Angren shahar hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 may kuni Angren shahar hokimi Nuriddin Karimovich Abdurahimov 48 yoshida vafot etdi. Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

“Agentlik jamoasi Angren shahar hokimi Abduraximov Nuritdin Karimovichning bevaqt vafoti munosabati bilan yaqinlariga, oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi ta’ziya xabarida.

Ma’lumot uchun, Nuriddin Abdurahimov Piskent tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi.

U joriy yilning yanvar oyi oxirida Angren shahriga hokim etib tayinlangandi. Bungacha u Prezident administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nuriddin Abdurahimov

Baholaganlar

677

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar