Angliyaning yuqori sudi o‘zbek paxtasini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qarshi da’voni rad etdi

Jamiyat

image

Angliyaning yuqori sudi o‘zbek paxtasini Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga import qilishga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xalqaro savdo bilan bog‘liq masalani sud tartibida qayta ko‘rib chiqish haqidagi 2019 yildagi da’voni rad etdi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xabar qildi.

Sudya Jeyms Xolmenning 2020 yil 23 iyuldagi qarori texnik sabablarga asoslanadi va O‘zbekistonda majburiy mehnat mavjudligi borasida biror bir ajrimni nazarda tutmaydi. Buning o‘rniga Germaniyada joylashgan nohukumat tashkilot tomonidan Buyuk Britaniya hukumatiga qarshi kiritilgan da’voni sud muayyan huquqiy asoslarga ko‘ra, jumladan, da’vogarda yetarlicha asoslar mavjud emasligi, da’voning akademik va eskirgan xarakterga egaligi bois rad etdi.

Da’vogarga 10 000 funt sterling miqdorida sud xarajatlarini to‘lash majburiyati yuklandi va da’vogar mazkur qaror ustidan shikoyat qilmadi.

O‘zbekistonda paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan “O‘zpaxtasanoat” AJ sud ishiga Manfaatdor tomon sifatida qo‘shildi va da’voning mazmuni bo‘yicha yozma materiallar taqdim etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2017 yilda paxta terimida majburiy mehnatga jalb qilish va bolalar mehnatidan rasman voz kechilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing