Angliyada yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Sport

image

Xabaringiz bor, Angliya Professional Futbol Assotsiyatsiyasi tomonidan bir necha kun avval Premer Ligada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Bugun, 6 iyun kuni so‘rovnoma yakunlanib, natijalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra “Manchester Siti” himoyachisi Ruben Diash hammadan ko‘p ovoz to‘plab, ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar qildi.

Futbolchi katta futboldagi karerasini 2015 yili “Benfika” safida boshlagan edi. Portugal klubida u jami 54 ta uchrashuv o‘tkazgan va o‘tgan mavsum boshida “shaharliklar” safiga kelib qo‘shilgan. “Siti” tarkibida u bu mavsumda jami 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, bu so‘rovnomada yana Bruno Fernandesh, Harri Keyn, Muhammad Saloh, Jek Grilish hamda Kevin de Bryuyne nomzodlari ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Diashni o‘tgan mavsum boshida “Benfika”dan 68 million yevro evaziga xarid qilgan edi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing