Angliyada oyning eng yaxshi futbolchi va murabbiylari aniqlandi

Sport

image

Londonning "Arsenal" jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Angliya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqda Premer-liga matbuot xizmati ommaviy ovoz berish natijalarini e’lon qilgan holda xabar berdi. 30 yoshli forvard sentyabr oyida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi.

2019/20 yilgi mavsum APLda umumiy hisobda 10ta bahsda o‘ynab, 8ta gol urgan. "Kanonirlar" APLda hozirga kelib 15 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Liverpul" sentyabr oyida "Nyukasl" (3:1), "Chelsi" (2:1) va "Sheffild Yunayted" (1:0) qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Nomzodlar orasida Kloppdan tashqari Frenk Lempard ("Chelsi"), Brendan Rojers ("Lester") va Eddi Xau ("Bornmut")lar bor edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Angloiyada eng yaxshi futbolchi

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar