Angliyada mavsumning eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi

Sport

image

“Liverpul” jamoasi ustozi Yurgen Klopp Angliyada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi. Bu haqda Angliya Premer ligasi rasmiy saytida xabar berildi.

“Liverpul” Angliya chempionatini musobaqa g‘olibi “Manchester Siti”dan 1 ochko ortda qolgan holda 2-o‘rin bilan yakunladi.

54 yoshli mutaxassis ushbu sovrinni faoliyati davomida ikkinchi marta qo‘lga kiritdi. Nemis murabbiyi ilk bor 2019-20 yilgi mavsumda Angliyada mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rilgan edi.

Kloppdan tashqari APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovrinini bir martadan ko‘p qo‘lga kiritgan mutaxassislar: Aleks Fergyuson (11 marta), Arsen Venger, Joze Mourino, Pep Gvardiola (barchasi 3 martadan).

Shuningdek, Yurgen Klopp Liga murabbiylari assotsiatsiyasi (LMA) tomonidan ham mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Liverpul” germaniyalik murabbiy qo‘li ostida 2019-2020 yilgi mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritib, muxlislarning 30 yillik orzusini amalga oshirgan edi. Bunda tashqari, Klopp “qizillar” bilan birgalikda Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing