16 yil hokimiyatda: Merkel iste’fodan so‘ng, qancha pensiya oladi?
Olam
−
14 avgust 2021
13968Germaniya kansleri Angela Merkel lavozimidan ketganidan so‘ng, qariyb 15 ming yevro pensiya oladi. Bu ma’lumotni “De Morgen” nashri Germaniya soliq to‘lovchilari federatsiyasi manbasiga tayanib, e’lon qildi.
Bunga Merkelning 32 yil Germaniya parlamenti a’zosi sifatida faoliyat yuritgani hamda qariyb 16 yil mamlakat kansleri lavozimida ishlagani asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, Merkel Germaniyaning barcha oldingi kansler va sobiq Prezidentlari singari iste’foga chiqqach lavozimga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga ofis menejeri, ikki nafar yordamchi va haydovchi ham beriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Angela Merkel joriy yilning 26 sentyabriga belgilangan umumiy saylovlardan so‘ng, 2005 yildan buyon egallab turgan Germaniya kansleri lavozimini tark etadi. Chunki u ushbu saylovda o‘z nomzodini ilgari surmasdan, siyosatdan ketish niyati borligini aytgan.
LiveBarchasi