Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti? – Shuhrat Abdurahmonovga oid navbatdagi audio tarqaldi
Jamiyat
−
19 noyabr 2020
60457Andijon viloyati hokimining jurnalistlar haqoratlagani va 5-6 ayolni 15 sutkamaga qamatib yuborgani aks etgan ovozli yozuvi tarqagalganidan bir hafta o‘tar o‘tmas, uning ovozi yana global tarmoqni jumbushga keltirdi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Shuhrat Abdurahmonovning “iflos”, “sassiq” degan haqoratlari aks etgan ovozli yozuvi tarqaldi.
“Bitta-ikkita sassiq, hammang har yoqdan kelgansan… Ayt senlar ham. Sharmandamisan, vijdoning bormi, oriyating bormi? Menga emas Andijon. Hey iflos, nima deyapsan sen Andijonni? Xohlasang, besh-oltitang avtobusga o‘tirgin-da, bor, o‘tib kel Farg‘onaga, Namanganga, tashkilotlariga bor. imadan qolib ketayotgan ekanman men Andijonda.
Alisher Usmonov degan ho-o-ov milliarder Namanganda tug‘ilgan ekan. 50 million dollar pul berar ekan. Namanganda mana shunaqa qilib tumanlarni obod qilar ekan. Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti? Namanganda 50 million dollarga u nima qilyapti-yu, bir so‘m puli yo‘q Andijon nima qilyapti? Solishtirib ko‘r. Butun respublika keldi Namanganga. Hammasi kelishib tayyor pulni yeya olmayapti”, degan Andijon viloyati hokimi.
O‘tgan safar Andijon viloyati hokimligi hokim Shuhrat Abdurahmonovning ovozi tushirilgan audioga munosabat bildirib, ushbu audioyozuv ikki yil avval yozib olinganini iddao qilgandi. Ko‘ramiz, galdagi yozuvga munosabat qanday bo‘larkin.
LiveBarchasi