Andijondagi sexdan yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Kecha, 5 may kuni Andijon shahridagi chiqindini qayta ishlovchi sexdan yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, soat 19:11 da Andijon shahrining “Jumabozor” MFY hududidagi “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan MCHJ ga qarashli chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash sexida yong‘in yuz bergan. Oqibatda binoning taxminan 100 kvadrat metr maydonida xomashyolar yongan.

Qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 19:23 da yetib borib, yong‘in 3 daqiqada o‘rab olingan hamda 19:40 da o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatidagi qattiq maishiy chiqindilar joylashtirish poligonida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing