Andijondagi tibbiyot muassasasi yonib ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijondagi tibbiyot birlashmasida kelib chiqqan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 17 mart kuni soat 18:42 da Andijon viloyati Andijon tumani Shifokor ko‘chasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘indan binoning 100 kv.m maydon – tom va shift qismi yonib zarar ko‘rgan. Binoda bo‘lgan 20 nafar bemor o‘z vaqtida xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Shu sababli insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohat olishi qayd etilmagan. 
  
Yong‘in bir necha daqiqada bartaraf etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida binoning 500 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

274

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing