Andijonda zaxiradagi 149 tonna kartoshka talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
02 may 2021
7298Andijon viloyati Andijon tumanida zaxiraga jamg‘arilgan 149 tonna kartoshka talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan “Agrobank” ATB Andijon viloyati filiali va Andijon tuman hokimligining murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda tumandagi “Kuygan-yor dehqon bozori” MCHJ rahbari U.X. va boshqalar qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish maqsadida “Agrobank” ATB Andijon filiali tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i hisobidan xarid qilingan 646,6 mln so‘mlik 149 tonna kartoshkani sotib yuborib, sotuvdan tushgan pullarni kredit qarzdorligini so‘ndirishga yo‘naltirilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi