Andijonda YPX mashinasini haydagan “moyka” ishchisi va inspektorga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
07 iyun 2021
8409Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Marhamat tumanida 19 yoshli “moyka” ishchisi yo‘l-patrul xizmati mashinasini haydab yurgani aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston IIV YHXBB holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha joriy yilning 6 iyun kuni Andijon viloyati Marhamat tumani IIB YHXG katta inspektori O.K. tushlik vaqtida Lacetti rusumli maxsus xizmat avtomobilini yuvdirib olish uchun YHXG binosi yaqinida joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasiga olib kirgan.
Avtomashinalarni yuvish bilan shug‘ullanuvchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. xizmat avtomobilini shoxobcha hududida boshqarib yurgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Holat o‘rganilib, YHXG katta inspektori O.K. va fuqaro N.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135-moddasi 2-qismi tartibida bayonnoma tuzildi.
LiveBarchasi