Andijonda yong‘in oqibatida bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 12 dekabr kuni soat 13:41 da Andijon tumani Sanoat mahalla fuqarolar yig‘ini Sanoatchi ko‘chasi 34-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilib, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:43 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:46 da qurshab olingan va soat 14:04 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida ushbu xonadonda yashovchi 1959 yilda tug‘ilgan M. A. vafot etgan. Uning farzandi 1991 yilda tug‘ilgan Z. A. tanasining 85 foizi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in tufayli uyning 40 kvadrat metr qismi yonib zararlangan.

Aniqlanishicha, yong‘in isitish pechidan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Yong‘in zudlik bilan bartarf etilgani sababli uyning 200 kvadrat metri saqlab qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing