Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
14 noyabr 2022 7068 1 daqiqa
Bugun, 14 noyabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun soat 13:52 da Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Temirxo‘ja ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida shoxobchaning taxminan 75 kv metr maydonda ichki qismi yonib zararlangan, jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr