Andijonda o‘qituvchi maktab o‘quvchisini ayamay do‘pposladi (video)
Jamiyat
−
21 mart 2021
35374Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisini ayamay kaltaklanayotgan o‘qituvchining videosi tarqaldi. Aniqlik kiritilishicha, voqea Andijon viloyati Asaka tumanida sodir bo‘lgan. Kaltaklangan bola o‘qituvchining farzandi bo‘lib chiqdi.
Tuman XTB ma’lumotlariga ko‘ra, hududdagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgan video yuzasidan maktab faoliyati tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganilgan.
Ma’lum qilinishicha, videoda aks etgan o‘qituvchi M.U. 1986 yilda tug‘ilgan, hozirda “Mehnatobod” MFYda yashaydi. U boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’at va musiqa fanidan dars beradi. O‘qituvchi ta’lim muasasasiga maktabning 2019 yil 4 sentyabr kungi, 109-sonli buyrug‘iga asosan musiqa fani o‘qituvchisi vazifasida ishga qabul qilingan.
Videoda aks etgan voqeada M.U. o‘z o‘g‘li, ya’ni ushbu maktabning 4-B sinf o‘quvchisi M.I. ni kaltaklagan. O‘quvchi dars vaqtida so‘roqsiz uyiga ketib qolgani uchun sinf rahbari Sh.E. o‘quvchini surishtirib, farzandini darsda ishtirok etmaganini onasiga aytgani sabab M.U. achchiq qilib, o‘z farzandini urgan.
Ushbu holat yuzasidan Asaka tumani voyaga yetmaganlar komissiyasiga murojaat etilgan.
LiveBarchasi