Andijonda to‘rt egizak dunyoga keldi
Jamiyat
−
31 Oktyabr 2020 9477 1 daqiqa
Kecha, 30 oktyabr kuni Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi oilalardan birida to‘rt egizak dunyoga keldi.
Ma’lum qilinishicha, Paxtobod tumani Cho‘ngqirg‘iz mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 23 yoshli Zarifaxon To‘xtaqulova kesarcha kesish yo‘li bilan ikki o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirgan.
Hozirgi vaqtda ona va chaqaloqlarning ahvoli qoniqarli ekani aytilgan.
Chaqaloqlarga qanday ism qo‘yilgani to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr