Andijonda temir yo‘l stansiyasi yerini pullamoqchi bo‘lgan mansabdor ushlandi
3-sahifa
−
07 aprel 2022
6157Andijonda temir yo‘l stansiyasi tasarrufidagi yer maydonini sotib yubormoqchi bo‘lgan “Poytug‘ temir yo‘l stansiyasi” boshlig‘i vazifasini bajaruvchi shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Poytug‘ temir yo‘l stansiyasi” boshlig‘i vazifasini bajaruvchi E.A. “M.” fermer xo‘jaligi rahbari va uning akasiga Izboskan tumani temir yo‘l stansiyasi tasarrufidagi yer maydonlari hisobidan 0,20 gektar yer maydonini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishi orqali ajratib, keyinchalik kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga esa E.A. fermer xo‘jaligi rahbari va uning akasidan 8 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi