Andijonda tadbirkor MIB xodimini yoqib yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik tadbirkor Majburiy ijro byurosi xodimiga benzin sepib, yoqib yuborishga uringani aytilgan xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 14 iyun kuni   Xonobod shahar “Shifobaxsh” ko‘chasida joylashgan shifoxona binosida sodir bo‘lgan. 

Qo‘rg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yilning 11 martidagi kredit qarzdorligi va davlat bojini undirish to‘g‘risidagi qarori bo‘yicha yuritilgan ijro ishi yuzasidan MIB Xonobod shahar bo‘limi boshlig‘i A.I. va bank xodimlari shifoxonaga kelgan. 

Fuqarolar Yu.M. va S.M. esa MIB boshlig‘i va bank xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, boshqalarning tinchini buzib, janjal ko‘tarib, bezorilik harakatlarini sodir etishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar Yu.M. va S.M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing