Andijonda subsidiya ajratilishga yordam berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
3-sahifa
−
28 yanvar 2023
4313Andijon viloyati Andijon shahrida fuqaro X.I. fuqaro G.X.ning ishonchiga kirib, unga Andijon shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olishi uchun tanishlari orqali subsidiya ajratilishida yordam berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departament ma’lum qildi.
Bundan tashqari Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda subsidiya ajratilishida yordam berishni va’da qilgan boshqa bir fuqaro 600 AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
“Fuqaro A.K. fuqaro G.N.ning ishonchiga kirib, unga 1 700 AQSH dollari evaziga Namangan shahri markazida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olishi uchun tanishlari orqali subsidiya ajratilishida yordam berishini aytib, oldindan 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi