Andijonda soxta PSR-test tayyorlab sotgan 10-sinf o‘quvchilari ushlandi
Jamiyat
−
27 aprel 2021 6819 1 daqiqa
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida koronavirus uchun soxta PSR-test tayyorlab sotgan 10-sinf o‘quvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TXTB JQB xodimlari tomonidan tadbir olib borilgan. Unda aniqlanishicha, Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchilari – 2004 yilda tug‘ilgan M.U. hamda N.M. “Do‘stlik” chegara-nazorat posti yaqinida tadbirga xolis xaridor sifatida jalb etilgan 2 nafar fuqaroga “110 ming so‘mga PSR (COVID-19 tahlil ma’lumotnomasi) qilib beramiz”, deb tadbir ishtirokchilaridan fuqarolik pasporlarini olib, 20 daqiqadan so‘ng 2 dona COVID-19 tahlil ma’lumotnomasini olib kelib berib, 110.000 so‘m pullarni olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.
Shuningdek, tadbir davomida M.U.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Unda 45 dona Andijon viloyati SEOM g‘azna kirim orderi blankasi, 30 dona COVID-19 infeksiyasiga tekshirilgan test natijasi haqida ma’lumotnoma blankasi hamda 1 dona ASER noutbuk va 1 dona YeRSON rangli printeri borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust