Andijonda soxta kadastr xodimi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida o‘zini kadastr xodimi deb tanishtirgan firibgar jinoyat ustida ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jalaquduq tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, hech qayerda ishlamaydigan M.K. fuqarolarga o‘zini tuman Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi xodimi deb tanishtirgan. 

U M.A. va uning qo‘shnisiga uy-joy qurish uchun “Haqiqat” MFY hududidan har biriga 6 sotixdan 12 sotix  yer maydoni olib berishga ishontirib, evaziga 1300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing