Andijonda poyezd vagoni ustiga chiqqan 13 yoshli bolani kuchli tok urdi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Paytug‘ temir yo‘l bekatida poyezd vagoni ustiga chiqqan 13 yoshli bolani kuchli tok urdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 24 iyun kuni soat 19:27 larda Andijon viloyati IIB TXTBga Paytug‘ temir yo‘l bekati boshlig‘i telefon orqali bekatda vagon ustiga chiqqan fuqaroni yuqori kuchlanishli elektr toki urgani haqida xabar bergan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, bo‘sh vagonlar ustiga chiqqan fuqaro Izboskan tumani Paytug‘ shahar “Amir Temur” MFYda yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan Ch.T. ekani va uni o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yuqori kuchlanishli elektr toki urgani aniqlangan.

Ch.T.ga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilib, Paytug‘ tuman tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ma’lum qilindi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

585

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing