Andijonda olib qochilgan Spark ikkita avtomobilga borib urildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyati Izboskan tumanida olib qochilgan Spark ikkita avtomobilga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 may kuni soat 18:30 larda muqaddam sudlangan 32 yoshli J.F. Izboskan tumani Poytug‘ shahri Ittifoq mahallasida joylashgan avtomobillar turargohida qarovsiz, ochiq holatda qoldirilgan 25 yoshli R.H. tegishli Spark  avtomobilining kaliti o‘t oldirish joyida qolganidan foydalanib, uni olib qochgan.

U hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtda Matiz va X.B. tegishli Nexia avtomobillari bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Izboskan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan J.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida barcha holatlarga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi. Hozirda tergov davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing