Andijonda Nexia bilan to‘qnashgan Labo ag‘darilib ketdi
3-sahifa
−
03 fevral 3655 1 daqiqa
Bugun, 3 fevral kuni Andijonda Labo Nexia-2 bilan to‘qnashishi oqibatida beton ustunga borib urilib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda Andijon viloyati Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 3 fevral kuni soat 10:40 larda Andijon tumani “Qurama” MFY hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 437-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi M.D. o‘zining Nexia-2 rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzishi oqibatida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Labo rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida, Labo avtomashinasi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilib, ag‘darilib ketgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan, transport vositalari texnik shikastlangan. Hozirda Andijon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 ta mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Oqibatda 1 nafar yo‘lovchi jarohat olgan.
Live
Barchasi