Andijonda mushtlashgan qizlar javobgarlikka tortildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida qizlar o‘rtasida janjal yuz berganligi aks etgan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat Andijon viloyati IIB tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi, deb yozmoqda viloyat IIB Axborot xizmati.

Aniqlanishicha, joriy yilning 7 dekabr kuni soat 13:00 larda Paxtaobod tumani, “Muazzimboy” MFY hududida joylashgan “Gumbaz” oshxonasi oldida shu tumanning “Qashqar” MFYda yashovchi 3 nafar opa-singil hamda ularga oldindan tanish bo‘lgan “Navro‘z” MFYda yashovchi fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalning kelib chiqishiga M.N tomonidan S.Yu.ga haqoratli so‘zlarning aytilgani sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan hujjatlar rasmiylashtirib, chora ko‘rish uchun JIB Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing