Andijonda montyor 680 ming so‘mlik qarzni 34 mln qilib qo‘ydi
3-sahifa
−
10:10 6224 1 daqiqa
Andijonda 680 ming so‘mlik qarzdorlikni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘rg‘ontepa tumani “So‘fi qishloq” - podstansiya navbatchi elektromontyori F.X. fuqaro F.D.ning Jalaquduq tumani, “Namuna” MFY hududidagi xonadonida elektr energiyasidan 680 ming so‘mlik qarzdorligini 34 mln so‘m deb yolg‘on ko‘rsatib, 17 mln so‘m bersa ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berishini va’da qilib, 17 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida 3,1 milliard, Buvaydadagi ustaxonada 137,1 million, Norin tumanidagi uy-xonadonida esa 120,1 million so‘mlik elektr energiyasini o‘marish holatlari aniqlangandi.
Live
Barchasi