Andijonda mashinaga chana ulab, “sayr” qilganlar javobgarlikka tortildi (video)
3-sahifa
−
12 yanvar 2023
6394Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yigit avtomobilning orqasiga arqon yordamida chana bog‘lab, harakatlangani aks etgan videosi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Andijon Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Kecha, 11 yanvar kuni soat tungi 01:00 larda Andijon shahrida fuqaro S.K. 2 nafar tanishi bilan birga qorda sirpanish maqsadida Lacetti mashinasining orqasiga arqon bilan chana bog‘lab, katta yo‘lda xavfli harakatlarni sodir etgan.
Qayd etilishicha, haydovchi va chana ustida bo‘lgan 2 nafar fuqaroga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.
“Shu o‘rinda barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan noqulay ob-havo sharoitida belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishlarini, yo‘llarda xavfli harakatlarni sodir etish orqali o‘zi va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi