Andijonda maktab o‘quvchisi ijaraga olingan avtomobilda YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Andijonda 11-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan Spark mashinasida 4 nafar sinfdoshi bilan YTH sodir etdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Xabar qilinishicha, hodisa 27 dekabr kuni 12:10 larda Andijon tumanida yuz bergan. O‘quvchi mashina boshqaruvini yo‘qotgan va chetda to‘xtab turgan yuk avtomobiliga borib urilgan. Buning oqibatida maktab o‘quvchilaridan biri vafot etgan, qolganlari shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda 2 nafari shifoxonadan chiqazilgan, ikki nafari esa davolanmoqda.

Aniqlanishicha, haydovchi yigitning mashina boshqarishga hech qanday hujjati bo‘lmagan. Hodisa ishtirokchilari tumandagi 55-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bo‘lib, ularning 3 nafari maktabga bormagan, 2 nafari esa darsdan qochib chiqqan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilyapti.

Shu o‘rinda, IIB xodimlari avtomobil egalaridan hujjati bo‘lmagan maktab o‘quvchilariga mashinani ijaraga bermasliklarini so‘rab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing