Andijonda Labo yuk avtomobili bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Asaka tumanida Labo va “Gaz-53” rusumli yuk avtomobili o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekison IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 2 may kuni soat 14:00 larda, Andijon viloyati Asaka tumani Yangisor ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro U.A. Labo rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi S.M. boshqaruvida bo‘lgan “Gaz-53” rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga borib urilgan.

Oqibatda Labo rusumli avtomobil haydovchisi U.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Asaka tuman IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing