Andijonda xotinini “razbavitel” bilan vahshiylarcha yoqib yuborgan erkakka hukm o‘qildi
3-sahifa
−
18 aprel 2023
16300Andijon viloyati Baliqchi tumanida xotinini bo‘yoq suyultirgich bilan yoqib yuborgan erkakka 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2022 yilning 13 iyun kuni fuqaro X.Q. turmush o‘rtog‘i D.S.ning yashash uyiga kelib, uyda hech kim yo‘qligiga va xotini yotoqxonada bir o‘zi uxlab yotganiga ishonch hosil qilgach, uning uyquda bo‘lganidan foydalanib, qo‘lida bo‘lgan “razbavitel” (bo‘yoq suyultirgich) mahsulotini unga sepgan. D.S. ushbu holatdan qo‘rqib uyg‘ongan vaqtida qo‘lidagi yondirgich bilan uni yoqib yuborgan. Marhuma olov alangasidan talvasaga tushib, o‘zini qutqarish maqsadida uy hovlisiga yugurib chiqib, yelim idishdagi suvni o‘z ustiga quyib, olovni o‘chirishga uringan. Shu vaqt X.Q. o‘zining jinoiy maqsadini oxiriga yetkazish maqsadida yana bir “razbavitel” moddasini xotiniga sepib yuborgan. Ayol yelim idishda bo‘lgan suvni yana ustidan quygan va hovlidan ko‘chaga qochib chiqib, qo‘shnisining xonadoniga yashiringan.
Biroq D.S.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, u olgan jarohatlari tufayli oradan 13 kun o‘tib, shifoxonada vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, D.S.ga alangadan tanasining 97 foizi A.B. 1-2-3 darajali kuyishi, kuyish shoki og‘ir darajasi, o‘tkir poliorgon yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilib, hayot uchun xavfli bo‘lgan ushbu tan jarohatlari o‘limga olib kelgani aniqlangan.
Sud hukmi bilan sudlanuvchi X.Q. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “j” bandi hamda 168-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan uzil-kesil o‘tash uchun 17 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi