Andijonda “Xalq banki” sobiq xodimlari 111 mln so‘mni o‘zlashtirdi

3-sahifa

image

Andijonda AT “Xalq banki”ning sobiq xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘m naqd pullarni o‘zlashtirib olgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Andijon viloyat filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Unda AT “Xalq banki” Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va Sh.Sh. joriy yilning 16-25 iyul kunlari o‘zlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 mln so‘mni o‘zlashtirib olgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing