Andijonda ikkita xonadon butunlay yonib ketdi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2019
4993Andijon shahridagi Al-Buxoriy ko‘chasida joylashgan ikkita xonadonda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Andijon shahridagi Al-Buxoriy ko‘chasida joylashgan ikkita xonadonda kuchli yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida uylarning tomlari, shiftlari va uy-joylarining ichki tuzilmalari yonib ketgan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun beshta maxsus yong‘in texnikasi jalb etilgan. Yong‘in o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in kelib chiqishiga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Hodisada halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q.
LiveBarchasi