Andijonda ikki IIB mansabdori 12 ming dollar pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
07 fevral 2021
6827Davlat xavfsizlik xizmati va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan va qo‘lga tushgan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalidagi lavhada xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i jinoyat ishi doirasida o‘zaro kelishgan holda, Jinoyat kodeksining 1412 va 182-moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga sud idoralaridagi mansabdor shaxslar orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishini aytib, uning opasidan 12 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
LiveBarchasi