Andijonda IIB xodimlari fuqarolarni kaltaklagani aytilmoqda (video)
3-sahifa
−
14 Sentabr 2021 10230 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda Damas mashinasidagi ichki ishlar xodimlari fuqarolarni kaltaklagani va haqorat qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov izoh berdi.
Xabarlarga ko‘ra, voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Kechgi vaqt avtomashinalar harakatlanish vaqtida shahar IIB 4-bo‘lim xodimlari va fuqarolar o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Videolarda fuqarolar haqorat qilinib, kaltaklangani aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr