Andijonda fuqarodan $4 000 pora olgan MIBchilar ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosining Andijon shahar bo‘limi xodimlari sud qarorini bajarish evaziga 4 ming dollar pora olgani haqida xabarlar tarqaldi. Byuro Matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 yanvar kuni fuqaro O.Q.ning arizasiga asosan Andijon viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, viloyat prokuraturasi va Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘yicha xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Tadbir davomida byuroning Andijon shahar bo‘limi ijrochisi F.F. o‘z ish yurituvidagi qarzdor U.X. va boshqalarni majburiy ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro qilib berish evaziga Andijon tuman bo‘limi davlat ijrochisi I.Q. bilan birga Andijon shahrining “Vatan” choyxonasi yaqinidagi bekatda fuqaro O.Q.dan 4000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan 14 yanvar kuni F.F. va I.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing