Andijonda yong‘in o‘chiruvchi kvadrotsikl yaratildi

Jamiyat

image

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘in o‘chiruvchi kvadrotsikl yaratildi. 

“Uz Dong Yang Ko” qo‘shma korxonasida takomillashtirilgan ushbu vosita avtomashina harakatlanishi uchun eng noqulay hisoblangan yo‘llarda ham bemalol yura oladi. Ayniqsa, shahar sharoitidagi tirbandliklar, tor ko‘chalarda manzilga kirib borish uning uchun cho‘t emas, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

“Kvadrotsikl 100 litr hajmli suv sig‘imi, kichik motopila, 16 metr shlang, mobil aloqa vositasi, ovozkuchaytirgich, sirena bilan ta’minlangan. Shuningdek, undan joylarda patrul xizmatini, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda ham foydalansa bo‘ladi. Shu bois uni “Yong‘in o‘chirish patruli” deb nomladik”, deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Jasurbek Karimov.

GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan yangi moslama yong‘in paytida 5 kishi tomonidan amalga oshiriladigan yumushlarni bir kishi tomonidan bajarilishiga imkon bermoqda, deyiladi xabarda. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

kvadrotsikl

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar