Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etiladi. Shuningdek, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

mehnat bozori talablariga mos malakali, chet tillarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlash;

yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasasalarining chet tillar bo‘yicha zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or va innovatsion tajribalarini qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish;

chet tillar bo‘yicha milliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, axborot-resurs markazini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam yangilab borish;

ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, vebinar va onlayn texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish;

xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities kabi) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi va dasturlari asosida individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish;

xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash;

talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish;

respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

Qarorga ko‘ra, Institut O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Institutda ta’lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan sifatli ta’lim berish uchun yetarli sharoitlar to‘liq yaratilganligi to‘g‘risidagi ijobiy xulosasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilganidan so‘ng boshlanadi.

Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, talabalarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishidan, shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanadi.

Institutning dastlabki faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan, bino va inshootlarini joriy ta’mirlash va jihozlash (mebellar, kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalar) xarajatlari – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba Andijon institut

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing