Andijonda Cobalt temir yo‘l yaqinidagi beton to‘siqqa urildi
Jamiyat
−
14:48 155 1 daqiqa
Bugun, 29 sentyabr kuni Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, temir yo‘l kesishmasi yaqinidagi beton to‘siqqa urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi D-138 “Andijon–Xonobod” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida, To‘racheki mahallasi hududida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan A.J. Cobalt rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina temir yo‘l kesishmasi hududidagi yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. Hodisa oqibatida avtomobil texnik shikastlangan, fuqarolar tan jarohati olmagan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida tormozi ishlamay qolgan GAZ-53 yuk avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi