Andijonda bo‘sh vagonlar temir yo‘l izidan chiqib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 dekabr kuni Andijonning Paytug‘ temir yo‘l bekatiga kelib to‘xtagan yuk vagonlari favqulodda harakatlanib, temir yo‘l izidan chiqib, ariqqa tushib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Paytug‘ temir yo‘l bekati boshlig‘i A.Usmonovning telefon orqali bergan xabariga ko‘ra, shu kuni soat 07:30 larda Qozog‘iston Respublikasidan 13 ta yarim ochiq vagonlarda “OOOTA Minirals” MCHJ nomiga ko‘mir mahsulotlari keltirilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vagonlar g‘ildiraklarining tagiga temir yo‘l bashmaklari mahkamlanmaganligi sababli, ushbu yarim ochiq bo‘sh vagonlar past tomonga harakatlanib ketgan. 

“Natijada 63080675-sonli yarim ochiq bo‘sh vagon temir yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan va 60745015-sonli yarim ochiq bo‘sh vagonning old g‘ildiraklari temir yo‘l izidan chiqib ketgan.

Hodisa natijasida tan jaroxati olganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Hozirda qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing