Andijonda bosqinchi homilador ayolga elektroshoker bilan hujum qildi
3-sahifa
−
04 mart 2021
11435Joriy yilning 2 mart kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanida xonadonga bostirib kirgan o‘g‘ri homilador ayolga elektroshoker bilan hujum qildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Soat 10:00 larda noma’lum shaxs yuzlariga niqob taqib olib elektroshoker bilan qurollangan holda “Turon” MFYda yashovchi homilador bo‘lgan 28 yoshli Nilufar T.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Bosqinchi Nilufar T.dan taqib olgan tilla-taqinchoqlarini berishini talab qilib, unga elektroshoker bilan hujum qilib taqinchoqlarini zo‘rlik ishlatib olgan va devor oshish yo‘li orqali uydan chiqib qochib ketayotgan vaqtida mahallada yashovchi fuqarolar tomonidan ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 26 yoshli Mansurbek M. sodir qilganligi aniqlanib, tilla-taqinchoqlar va elektroshoker moslamasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Mansurbek M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
LiveBarchasi