Andijonda bolasi vafot etgan erkak “vrach”ga o‘ldirish bilan tahdid qildi

3-sahifa

image

Andijonda erkak tug‘uruqxona shifokorini xonaga qamab, tug‘uruq vaqtida vafot etgan farzandining o‘limida shifokorlarni ayblab, unga o‘ldirish bilan tahdid qildi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishilicha, hodisa joriy yilning 20 iyul kuni soat 15:44 da Chorguzar ko‘chasidagi tug‘uruqxonada sodir bo‘lgan. 

Asakalik 1978 yilda tug‘ilgan R.D. tug‘uruqxona bosh shifokori Q.S.ning xizmat xonasiga kirib, eshikni ichki qismidan qulflab olgan holda tug‘uruq vaqtida vafot etgan farzandining o‘limida shifokorlarni ayblab,uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Xodimlar voqea joyiga yetib borib, huquqbuzardan eshikni ochishni so‘raganda, u prokurorni chaqirishni talab qilgan.

Voqea joyiga Andijon shahar Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari, Andijon shahar prokurori yetib kelib, R.D.ni eshikni ochishga ko‘ndirgan.  Ular xonaga kirganda huquqbuzarning yonida o‘tkir tig‘li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi borligi aniqlangan. Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari Andijon shahar IIB tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing