Andijondagi 4 yashar bola bog‘chada vafot etdi
3-sahifa
−
22 aprel 2022
16070Andijonda maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim oluvchi 4 yoshli bola uxlayotgan vaqtida vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 21 aprel kuni soat 14:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan oraliqdagi vaqtda Oltinko‘l tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli L.X. kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan o‘tgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, tashkilot hamshirasi ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi L.X.da hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.
Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg‘otishganda bola o‘rnidan turmagan. Shundan so‘ng, darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o‘tkazilgan va bolaning vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
“Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.
Ekspertiza xulosalari aniqlangach, batafsil ma’lumot berilishini hamda holat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi