Andijonda bank boshqaruvchisi 230 mln so‘mni “yeb yuborgani” aytilmoqda
3-sahifa
−
04 dekabr 2022 7269 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida bank boshqaruvchisi 230 million so‘mni ishlatib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, “Xalq banki”ning Buloqboshi filiali boshqaruvchisi 230 million so‘m pul mablag‘larini ishlatib yuborgan.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, holat tuman prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmagan.
Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, mazkur holat o‘rganilmoqda. Natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Avvalroq Samarqandda bank yuristi 1950 AQSH dollar pora bilan ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi