Andijonda ayol 3 oylik chaqalog‘ini 700 dollarga pullayotganda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Asli Izboskan tumanida tug‘ilgan, ammo turmushidan ajrab, Andijon viloyatining turli joylarida ijarada yashab kelgan fuqaro G. 3 oyli farzandini 700 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda "Qonun va ijro" nashri habar bermoqda.   

Ma’lum qilinishicha, kimdan ekani noma’lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini G. O. ismli shaxs sherikligida sotmoqchi bo‘lgan. Bu xabar tezda tarqalib, huquqni muxofaza qilish organlarigacha yetib borgan.  

Tezkor tadbir davomida G. va O. istiqomat qilayotgan xonadonga chaqaloqni ko‘rgani "er-xotin mijoz” borgan. Bu orada  G. ismli fuqaro chaqlog‘ini 700 AQSH dollariga sotmoqchi ekanini bildirgan. Og‘zaki kelishuvdan so‘ng, Andijon shahridagi "Daryotrans" oldida ko‘rishishga kelishib olingani ma’lum bo‘lgan.  

“Aytilgan vaqtda aytilgan manzilga O., uning singlisi F. va chaqalog‘ini ko‘targan G. yetib borishdi. “Mijoz” bergan 700 dollarni F. sanab olib, 500 dollarni akasiga berdi. Qolganini o‘zida olib qoldi. Shundan so‘ng, G. chaqalog‘ini “mijoz”ga uzatdi”, deyiladi xabarda.  

Qayd etilishicha, G. tilxat yozib, farzandini tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasini ham “mijoz”ning qo‘liga tutqazgan.   
 
Bu orada esa  Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari odam savdosining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilganini qayd etib, gumondorlarni qo‘lga olgan.

Surishtiruv jarayonlarida fuqaro G. avval o‘zi ijarada yashagan uy egasida qoldirgan bolasini boqib bergani uchun 500 dollar qarzi borligini, farzandini boqishga qiynalgani uchun uni sotishga majbur bo‘lganini aytgan. Bu vaqtda u bosqinchilik, o‘g‘irlik kabi jinoyatlari uchun jazosini o‘tab chiqqan O. bilan yashay boshlagan.

Sud majlisi davomida uy egasi fuqaro G.ning qarzi yo‘qligi, O. va F.ni esa tanimasligini aytgan. U G.ning tug‘ruqxonadan chiqishiga o‘zi sarf-xarajat qilgani, uning katta farzandini boqib kelayotgani va ularga mehri tushib qolganini qo‘shimcha qilgan. Qolaversa, G.dan 500 dollar so‘ramagani va uning farzandini garov evaziga ushlab turmaganini ta’kidlagan.

Fuqaro O. esa  tergov-surishtiruv jaryonida aybiga qisman iqror bo‘lib, notariusda ishlagan tanishiga qo‘ng‘iroq qilib, holatni aytgan. Tanishi bolaning tug‘ilganlik guvohnomasini va onasining pasportini olib Andijon shahridagi “Baxt uyi” oldidagi notariusga borishi kerakligi hamda ushbu notariusda bolani boshqa shaxsga o‘tkazib berishini tushuntirgan. Shu sabab O. ushbu ishini qonuniy deb bilganini ta’kidlagan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi hukmi bilan fuqaro O. 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. G. va F.ga esa ayol kishi bo‘lgani, voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib JKning 72-moddasini (Shartli hukm qilish) tatbiq qilib, tayinlangan jazo shartli jazoga almashtirildi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing