Andijonda avtobus haydovchilari nogironligi bo‘lgan shaxsni olib ketmadi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda shahrida yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan avtobus haydovchilari turli bahonalar bilan nogironligi bo‘lgan shaxsning jamoat transporti xizmatidan foydalanishini rad etgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Transport vazirligi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, holat Andijon viloyati Transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan hamda maxsus ishchi guruhi tuzilib yo‘nalishlarda o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. O‘rganish davomida “Alpomish Merosi” MCHJ tomonidan yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan barcha yangi avtobuslarda pandus (apparel) uskunasi texnik soz holatda ekanligi aniqlangan.

Biroq korxonaga ishga yangi qabul qilingan haydovchilarning aksariyatida ushbu uskunadan to‘g‘ri foydalanishni bilmagan. 

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda joriy yilning 22 iyun kuni viloyat transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. 

Unda barcha toifadagi yo‘lovchilarga sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, pandus (apparel) bilan jihozlangan avtobus haydovchilariga zarurat tug‘ilganda ushbu uskunadan to‘g‘ri foydalangan holda yo‘lovchilarga xavfsiz xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

756

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing