Andijonda arzonlashtirilgan shakar uchun ur-to‘polon bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi supermarketlardan birida arzonlashtirilgan shakar uchun navbatga turganlar o‘rtasida tartibsizlik yuzaga kelib, ur-to‘polon bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish agentligi izoh berdi. 

Qad etilishicha, holat bo‘yicha Qo‘mitaning Andijon viloyati boshqarmasi va tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish davomida holat tuman markaziy dehqon bozorining yonida joylashgan “Korzinka” savdo majmuasida yuzaga kelgani va  haqiqatan ham shakar xarid qilishda navbat yuzaga kelgani aniqlangan.

Bunga shakarga bo‘lgan mavsumiy talabning ortishi va haftaning dam olish kunlarida aholining ko‘p qismi bozor va savdo majmualar hududiga  borishi va shakar arzon narxda sotilishi oqibatida kelib chiqqan navbat sabab bo‘lgan.

Bunda 2 kilogramm vaznda qadoqlangan shakar 21 980 so‘mdan, ya’ni 1 kilogramm uchun 10 990 so‘mdan sotuvga qo‘yilgan.

“Talabning keskin oshishini inobatga olib, mutasaddi tashkilotlar mahalliy hokimlik, prokuratura huzuridagi departament va monopoliyaga qarshi kurashish organlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Natijada savdo majmuasining qarama-qarshi tarafida, markaziy dehqon bozori hududida qo‘shimcha ravishda savdo rastasi tashkil etildi va qo‘shimcha shakar hajmlari 9 800 so‘mdan savdolarga chiqarildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

699

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing