Andijonda appenditsiti olib tashlangan ayol operatsiyadan keyin vafot etdi
3-sahifa
−
27 may 2022
9444Andijonda appenditsitga gumonlanib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan ayol vafot etdi. Ushbu holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qo‘rg‘ontepa tumani “Qo‘shtepa” MFY Mustaqillik ko‘chasida yashagan fuqaro D.O. joriy yilning 26 aprel kuni tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga o‘tkir appenditsit tashxisi bilan olib kelingan.
Shu kuni jarroxlik amaliyoti o‘tkazilgan, biroq ayolning holati yaxshilanmagani oqibatida 28 aprel kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.O. ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi