Andijonda 9 yoshli bola “Moskvich” urishi oqibatida vafot etdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida qo‘shimcha tirkamali “Moskvich” 9 yoshli bolani urib ketdi.  Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 oktyabr kuni tumanning “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 13-sonli maktabning 3 sinf o‘quvchisini qo‘shimcha tirkalamali “Moskvich” bosib ketgan. Bola to‘garak mashg‘ulotlaridan so‘ng, uyga qaytayotganda yo‘lda kelayotgan tirkamali “Moskvich” avtomashinasiga osilib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo u oyog‘i sirpanib ketib mashina balonlari ostida qolgan.

“Borsam hamma joyi qon, bola osmonga qarab ko‘zini ochib yotibdi. Tez yordam chaqirdim, lekin kelmadi. Keyin uni Damas'ga olib, tez tibbiy yordam bo‘limiga olib bordik”, deydi voqeaga guvoh bo‘lgan o‘qituvchi.

9 yoshli bola esa olgan og‘ir turdagi tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing