Andijonda 6 erkak tomonidan zo‘rlanganini aytgan kelinchak tuhmat uchun jazolandi

3-sahifa 31163
image

Bundan 6 oy avval, Andijon viloyatida olti kishi tomonidan zo‘rlanganini aytib, tuhmat qilgan 5 oylik kelinchak 2,5 yil muddatga ozodlikdan cheklandi.  Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 may kuni O.O. soat 17:00 larda Andijon tumani, “Qoraqalpoq” MFYda joylashgan dala shiyponida fuqarolar A.S., O.M., B.X., X.M., M.J.. B.A. va A.M. tomonidan zo‘rlanganini aytib, ijtimoiy tarmoqlarga yolg‘on xabar joylashtirgan. 

Shundan so‘ng, holat yuzasidan hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi chiqib, videotasvirga olgan holda ko‘zdan kechirilgan va ishga aloqador bo‘lgan barcha ashyolar, jumladan arizachi va gumondorlarga tegishli kiyim-kechaklar olingan.

Tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi hamda gumon qilingan shaxslarning barchasi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilib, olingan ashyolar bo‘yicha sudga oid biologiya, sudga oid kriminalistika, sudga oid tolali materiallarni kriminalistik tekshirish va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizalari tayinlangan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi O.O.ning badanida zo‘rlik alomatlari bilan bog‘liq tan jarohatlari mavjud emasligi, 13-14 haftalik homilador ekani va homilasi rivojlanayotgani aniqlangan.

Sudga oid tolali materiallarni kriminalistik tekshirish ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi O.O.ning kiyimlarida gumondorlarning kiyimlariga tegishli tolalar mavjud emasligi aniqlangan.     

Jabrlanuvchi O.O. yaqin qarindoshlari va himoyachisi ishtirokida so‘roq qilinganida, uni hech kim zo‘rlab nomusiga tegmaganini, ayrim shaxslar (qonunchilik talablariga asosan shaxs haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi) moddiy manfaatdor bo‘lish evaziga uni zo‘rlab nomusiga tekkani haqida ariza va ko‘rsatma berishga majbur qilganini, agarda ushbu ko‘rsatmani bermasa turmush o‘rtog‘i bilan birga yashattirmasdan, ajratib yuborishini aytgani sababli, ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma berganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, ishga aloqador bo‘lgan va guvoh tariqasida so‘roq qilingan shaxslar, hodisa kuni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo‘lgan shiypon atrofida begona erkaklarni ko‘rmaganini hamda dala shiyponidan ayol kishining yordam so‘rab baqirgan ovozini eshitilmaganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi O.O. ma’lum qilgan olti nafar shaxslar voqea sodir bo‘lgan kuni hodisa joyida, ya’ni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo‘lgan dala shiyponida umuman bo‘lmaganliklari aniqlangan.

Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ston tuman sudida ko‘rib chiqilgan va sudlanuvchi O.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismining “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish) bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1675
Reyting: 3
t
×